Bemor ro‘zasi

Assalomu alaykum! Agar kishi ramazon oyi ro‘zasini tutishga qiynaladigan darajada kasal bo‘lsa, lekin savob umidida va o‘lib qolsam ham roziman deb ro‘za tutsa o‘z joniga qasd qilgan bo‘ladimi? 2). Kishi o‘zini haqqini undirish uchun yoki o‘zidan zararni daf qilish uchun pora bersa mal’un bo‘lmaydi deyilyapti. DAN xodimlariga pul berish yoki o‘qishda o‘zining sohasiga aloqasi bo‘lmagan fanga, pul bermasa hecham yopa olmaydigan fanga pul berish o‘zidan zararni daf qlishga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Tutib ko‘rish kerak. agar qodir bo‘lsa davom ettiradi, qodir bo‘lmasa ro‘zani ochadi va qodir bo‘lganda yoki qishning qisqa kunlarida qazosini tutib beradi. 2). Aslida shariatga zid bo‘lmagan davlat intizomi uchun chiqarilgan qonunlarga amal qilish kerak. Bu qonunlarni buzish mutlaqo joiz emas.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 154 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar