Sahoba Vaxshiy haqlarida
Hamza roziyallohu anhuni o‘ldirgan Vaxshiy Islomni qabul qiladilar, lekin Payg‘ambarimiz alayhissalom unga "....faqat seni umrimning oxirigacha ko‘rmay" deb aytganmilar? (Yoki shu ma’noda gap aytganmilar) Men bunga umuman ishona olmayapman. Shuni izohlab bersangiz, iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Vaxshiy ibn Harb al Habashiy. Bu insonni nomi Abu Dasama kuniyasini olgan Vaxshiy ibn Xarb al Xabashiy edi. U kishi o‘zlari haqlarida shunday deydilar: “Men Quraysh boshliqlaridan biri Jubayr ibn Mut’imning quli edim. Badr kunida xojamni amakisi Tuaymani Hamza ibn Abdulmuttolib o‘ldirdi. Xojam boshiga tushgan bu musiybatdan juda qattiq o‘ksidi va nima bo‘lsada amakisini qotilini o‘ldirib, qasos olishni qasd qildi. Shundan so‘ng u Hamza ibn Abdulmuttolibni o‘ldirish uchun qulay fursatni poylay boshladi. Ko‘p o‘tmay qurayshliklar Muhammad ibn Abdullohni yo‘q qilib, shu bilan Badrdagi mag‘lubiyat o‘chini olish uchun Abu Sufyon boshchiligida qurayshliklardan va ittifoqchilaridan qo‘shin tuzib Uhud jangiga tayyorlana boshladi. Abu Sufyon bu jangga Badr jangida otalari, akalari, erlari, yaqinlaridan judo bo‘lgan qurayshlik oqila ayollarni ham jalb qilishga qaror qildi. Ularning vazifasi, jangchilarni jangga ilhomlantirib erkaklarni jangdan qochmasligini ta’minlash edi. Ayollardan tashkil topgan bu guruhni Abu Sufyonning xotini Hind binti Utba boshqaradigan bo‘ldi. U Badr kunida otasi, amakisi va akasidan ayrilgan edi. Jang oldidan Jubayr ibn Mutim meni oldimga kelib: Ey Vaxshiy, qulliqdan ozod bo‘lishni istamaysanmi, dedi. Kim ham meni ozod qila olardi? — dedim. Men, — dedi Jubayr. — Qanday qilib? — deb so‘radim. U javob berdi: — Agar sen Xamzani o‘ldirib, shu bilan amakim Tuayma ibn Adiyni o‘chini olishimda manga yordam bersang, sen ozodsan. — Meni ozod etishingga kim kafil bo‘ladi, agar men Hamzani o‘ldirsam,? — deb so‘radim. Xohlagan odamingni kafil qilaman! Istasang buni hammani oldida e’lon qilaman, — dedi u. — Roziman, — dedim”. Men asli kelib chiqishim habashistonlik bo‘lib, yoshligimdan nayzani nishonga xatosiz otishga qattiq mashq qilgan edim. Nayzamni olib quraysh jangchilari bilan jangga jo‘nadim. Men ayollar guruhi yonida jang tomon shahdam ketardim. Har safar Abu Sufyonning ayoli Hind mening yonimdan o‘tganda, qo‘limdagi yaltiragan nayzamni ko‘rib: “O Abu Dasama! Bizni Muhammad va uning amakivachchasiga bo‘lgan qasosimizni ol!” der edi... Uxudga etganimizda, ikki tomon askarlari qonli jangga kirishib ketishdi. Men odamlar orasidan Hamzani qidira boshladim. Uni topish qiyin bo‘lmadi. U odamlardan ajrab turish uchun, boshqalar uni tanishlari uchun boshidagi sallasiga tuyaqush pati taqib olgan edi. Bu arablarni qo‘rqmas va shijoatli jangchilari o‘rtasida odat tusiga kirgan amal edi. U qo‘lida qilichi bilan shiddali zarbalar berar, raqib jangchilarni birin ketir er tishlatar, hech kim uni bu shijoatni to‘xtata olmasdi. Tosh orqasiga o‘tib xamla qilmoqchi bo‘lib, uni yaqin kelishini kuta boshlaganimda Sibaa ibn Abduluzzo nomli qurayshlik jangchi: — “Men bilan jang qil, ey Hamza!” deb qichqirdi. Bu taklifni eshitib Hamza: “ Ey mushrikning o‘g‘li, qani yaqin kelchi!” deb uning taklifini qabul qildi. Hamza birinchi xamladayoq unga qilichini sanchidi. Sibaa qonga belangan holda Hamzaning qarshisiga quladi. Shu lahzada men fursatni boy bermay uni chamalab nayzamni uloqtirdim. Nayzam uni qornini pastki qismidan kirib, ikki oyog‘i orasidan teshib chiqdi. U men tomon ikki uch qadam tashladida erga quladi. Nayzamni yarmi uning tanasida qimirlab turardi. Uni o‘lganiga ishonch hosil qilgach, yaqin borib nayzamni sug‘urib oldim. Bo‘ldi, menga boshqalarni o‘ldirish buyurilmagan, men Hamzani ozodligim uchun o‘ldirdim, ishimni qildim, deb chodirga borib o‘tirdim. Jang shiddati oshib, Muhammadning qo‘shini qamrovda qolib ketdi. O‘lganlar soni ham oshib borardi. Shu payt Hind binti Utba boshchiligidagi ayollar o‘liklar va yaradorlar oldiga kelib ularni haqoratlay boshlashdi. Hind o‘zi esa o‘liklarni qornini yorar, ko‘zlarini o‘yar, quloq va burunlarini kesar edi. U bu kesilgan a’zolardan o‘ziga marjon yasab bo‘yniga osib oldi va o‘zini qimmatli taqinchoqlarini echib menga berdi va, - “bu senga, ey Abu Dasama, bular qimmatbaho taqinchoqlar, senga sovg‘a”, dedi. U Hamzani oldiga kelib, o‘tirib qornini yorib jigarini olib eya boshladi va o‘ch olganidan qichqira boshladi. Jang tugab Makkaga qaytgach, Jubayr ibn Mutim meni va’dasiga binoan ozod qildi. Men ozod kishiga aylandim! Lekin Muhammadning da’vati kuchayib kun sayin musulmonlar soni ortib borar, har kun yangi va yangi qabilalar qo‘shilardi. Bu din odamlar orasida obro‘si oshib, musulmonlar soni ko‘paygan sari mening qalbimni qattiq qo‘rqinch bosa boshladi. Kun sayin o‘zimni yomon xis qilib, qocharga joy topmasdim. Shu xolatda to Muhammad va fotihlar Makkani fath qilgunlariga qadar yashadim. Ular Makkaga yaqinlashganda men Toifga qochib ketdim. Lekin ko‘p o‘tmay Toif halqi ham Islomni qabul qilishga qaror qilishdi. Ular vakil tuzib Muhammadni oldiga toifliklar ham Islomni qabul qilishga tayyorliklarini bildirish uchun odam yuborishdi. Dunyo ko‘zimga tor ko‘rinib, osmon uzoqlik qila boshladi. Shomgami, Yamangami boshqa biror erga qochishga qaror qildim. Boshi berk ko‘chadan chiqolmay qolgan bir kunimda bir oqil kishi, “Holingga voy ey Vaxshiy, bilmaysanmi, kimki: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning Rasulidir” deb iymon keltirib diniga kirgan biror kishini Muhammad o‘ldirmaydi”, dedi. Bu so‘zlarni eshitganim zaxoti, men Yasrib tomon yo‘lga otlandim. Odamlardan so‘rab so‘rab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni topib borganimda, u zot masjidda sajda qilib turgan edilar. Asta yurib boshlariga kelib: “Shohidlik beramanki, Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning bandasi va elchisidir” dedim. Shahodatimni eshitib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini ko‘tarib, menga qaradilar, va: “Ey Vaxshiy, bu senmi? dedilar Ha, yo Rasululloh, — dedim men. O‘tir va menga Xamzani qanday o‘ldirganingni aytib ber, — dedilar. Men hammasi qanday bo‘lsa, shundayicha aytib berdi. Gaplarimni eshitib Rasululloh mendan yuzlarini o‘girib oldilar va: Tur ket, ey Vaxshiy! Bugundan boshlab, meni ko‘zimga qaytib ko‘rinma, qaytib seni ko‘rmay”, dedilar. Shu kundan boshlab Rasullohni ko‘zlariga ko‘rinmaslikga harakat qildim. Masalan odamlar Rasulullohni majlislarida oldinga safga intilsalar, men eng oxirgi safga o‘tirib ul zotni ko‘zlaridan uzoq o‘tirardim. Bu holat to Rasululloh Robbilari huzuriga rixlat qilgunlaricha davom etdi. Islomni qabul qilgan kishini avvalgi barcha gunohlari kechirilishini bilsamda, baribir Islomga va musulmonlar etkazgan katta talafotim menga tinchlik bermas, o‘zimni kechira olmasdim. Bu aybimni, bu buyuk jinoyatimni yuvish uchun fursat va imkoniyat izlardim. Abu Bakr Siddiq xalifaliklari davrida Banu Hanif qabilasi kazzob Musaylima boshchiligida islomni qabul qilishdan bosh tortib, qo‘zg‘olon ko‘tardi. U o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilib, odamlarni o‘ziga qaratishga urindi. Shunda Xalifa Abu Bakr Siddiq Musaylimaga qarshi qo‘shin to‘pladi. Shunda men o‘zimga: “Allohga qasamki, yo Vaxshiy, bu senga ajoyib imkoniyat, uni albatta bajarishing va uni qo‘ldan boy bermasliging kerak, dedim. Men Hamza Abdulmuttolibni o‘ldirgan nayzamni olib musulmon askarlar bilan jangga jo‘nadim. O‘zimga o‘zim, yo Musaylimani o‘ldirasan, yoki jangda shahid bo‘lasan, deb so‘z berib borardim. Biz Musaylima va uni qo‘shiniga xamla qilganimizda, ular qa’la ichiga berkinib olishdi. Musulmonlar eshikni ochishga va ichkariga kirishga muvaffaq bo‘lishdi va Allohning dushmanlari bilan shiddatli jang boshlandi. Men qo‘limda nayzam bilan dushman orasidan kazzob Musaylimani izlay boshladim. Men uni topdim, u qo‘lda qilich bilan turardi. Qarshisida bir ansoriy askar uni o‘ldirishga shay turardi. Ikkalamizni ham maqsadimiz Musaylimani o‘ldirish edi. Qulay vaziyatni tanlab, uni nishonga oldimda zarb bilan Musaylima tomon nayzamni uloqtirdim. Nayzam nishonga aniq tegdi. Shu payt haligi ansor ham qilichi bilan Musaylimaga kuchli zarba berdi. Faqat Allohga ayon, ikkimizdan qay birimiz Musaylimani birinchi bo‘lib o‘ldirdik. Agar birinchi bo‘lib men o‘ldirgan bo‘lsam, demak men Muhammad solallohu alayhi vasallamdan keyingi insonlarni eng yaxshisini, va shuningdek insonlarni eng yomonini o‘ldirdim.
30 Aprel 2022, 13:50 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar