Xotinning ishlagan puli

Assalomu alaykum! Men hozirda talabaman. Va albatta Alloh nasib qilgan bo‘lsa kelajakda kimningdir rafiqasi va kelini bo‘laman. Guruhimizda turmushga chiqqan qizlar bor ular tasodifan kelajakda ishlash va oyligini qayna qaynatasiga hammasini berishlarini aytishdi. Hoziram stipendiyalarini berisharkan. Men rostini aytsam bu fikrga qarshi bo‘ldim. Va men bermasligimni agar bersamam turmush o‘rtog‘imga berishimni aytdim. Ular bu fikr notug‘ri ular uyni kattasi bo‘ladi ularga berish kerak deyishdi. Men barbir fikrimni o‘zgartirmadim. Agar eri xotinning ishlashiga ruxsat bersa u uning puliga haqqi yo‘q dedim. Ular sizni niyatiz yomon bunday bo‘lmaslik kerak, yana siz hijobda diniy bilimiz bor hozirda ko‘p oilalar shu oyligini bermasligi uchun ajralishyapti deyishdi. O‘ylanib qoldim haqqatanam berish kerakmi? Yo o‘zi bilganchalik ishlatsa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oilaning xarajatlari, ayol va farzandalrining nafaqasi erkak kishiga vojib. Ayol kishi erining ruxsati bilan, shariatga muvofiq ishlab topgan puligan o‘zi haqli. Qanota-qaynonasiga yoki eriga berish majburiyati yo‘q. Lekin sharoit qiyin shuni taqozo qilsa, o‘z xohishi bilan yordam qilsa savob bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:06 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar