Barmoq uchidagi najosat

Assalomu alaykum! Namoz paytda barmoq uchida bir oz najosat bo‘lsa namoz ado bo‘ladimi? Xufton namozida ort avratdan nimadir chiqqanday bo‘ldi teshirsam xech narsa yo‘q ammo shunda barmoq uchida bir oz najosat asorati qolibdi namoz o‘rtasida najosat tekkan barmog‘imni bosh barmog‘im bilan tozaladim baribir ozgina asorati qolibdi. Shunday xolatda namozim ado bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar orqa teshigingizdan chiqqan najosatni qo‘lingiz bilan olgan bo‘lsangiz tahoratingiz ketgan. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:17 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar