Bid’atlar shirkka tengmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, ko‘cha-ko‘yda ko‘p uchraydi: odamlar irim sirimchilikni o‘ta oshirib yuborishadi. Nima emish "supurgini suyab qo‘ysa yomon bo‘ladi", "kul va chiqindi bir idishda tursa a’za va to‘y yonma-yon keladi" va yana tirnoq olishga oid bid’atlar. Bilamizki 5ta farzning birinchisi bo‘lgan iymon o‘zi 7ta farzdan iborat. Shunga o‘xshash "falon qilsa yomon bo‘ladi, piston bo‘ladi, rizq keladi" degan gaplar o‘sha 7ta farzdan biri --- "yaxshilik va yomonlikni Allohdan bo‘lishiga ishonish" degan qismiga zid kelib, shu insonlar ana shu buyumlarni Allohga sherik qilib, shirk keltirgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz aytgan bid’atlarni shirk deyilmaydi. Ammo shirk darajasidagi bid’atlar ham bor. Ular atab chiroq yoqishlar, Allohdan o‘zgani mushkullarini kushoda qiluvchi deb bilishlar, mozorlarga borib qabr ahllaridan farzand so‘rash kabilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:39 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar