Namoz, nikoh

Assalomu alaykum! 1) Tahorat olib bo‘lib namoz(farz) o‘qigandan keyin boshga masx tortmagani aniq esiga tushib qolsa namozni qaytadan o‘qiydimi? 2) Kifoya kitobida mutloq kalom yoki 2 harf miqdorida gapirsa namoz buziladi deyilgan. Namozda ba’zida bir sura yoki oyatni boshidagi 1-2 so‘zlarni o‘qib qo‘ysa lekin aslida boshqa surani o‘qimoqchiligi esiga tushib o‘sha surani boshidan o‘qib ketsa namozi buziladimi? Oradagi boshqa oyatni 1-2 lafzlari gapirishga kiradimi? 3) Nikohdagi iyjob va qabul jarayonida qizni o‘rniga onasi yoki buvisi umuman valuylari javob bersa nikoh bog‘lanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1)Ha2). Yo‘q kirmaydi, boshlagan surasini davom ettirgan yaxshi.3). Erkak valiysi uning nomidan roziligini bilib javob bersa nikoh bog‘lanadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 168 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar