Avtobusdagi holat

Assalomu alaykum! Bu holat menda har kuni uchraydi, ya’ni avtobusda o‘qishga borib kelganimda. Ertalabdan va kechroq paytlarda avtobuslar shu darajada insonla bilan to‘lib ketadiki, oyoq qo‘yishga joy topolmaysiz. Men muslimaman, shunday hollarda yoshi katta insonlarga joy bermasam, gunohkor hisoblanmaymanmi? Agar joy bersam nomahram erkaklar orasida ko‘p marta qolib ketgan holatlarim bo‘lgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holatda gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar