Noto‘g‘ri ma’lumot
Assalomu alaykum! Sessiya imtihonida zamdekan menga bir fandan o‘tolmaganim uchun yana imkoniyat bergandi. Men testlarni ishladim va natijasini o‘sha odamga aytishim kerak edi agar bu fandan uch olsam stipendiya olish mumkin bo‘lmay qolardi. Davlatning talabi shu. O‘sha paytta bilmayman ko‘zim raqamlarni xato ko‘rganmi zamdekanga 4 oldim deb aytgan edim. Chunki testda har bir berilgan imkoniyatdan chiqqan ballarning o‘rtacha qiymati olinadi. O‘sha paytta hisoblaganimda 3.60dan yuqori bo‘lgandi. Bir oydan oshdi imtihonlar bo‘lganiga. Bugun 27avgust o‘sha testlarni qayta ko‘rib chiqqandim va hisoblasam 3.58 chiqdi qo‘rqib kettim. Stipendiya oladi degan hujjat ketib bo‘lgan. Agar bundan o‘tolmasam menga stipendiya berilmaslik kerak edi. Qolgan fanlarni yaxshi ishladim birovlardan yordam olmadim. Bilmay notog‘ri ish qilib qo‘yibman. Yoki mavzularni o‘sha 4bahoga yaxshilab o‘zlashtirib qo‘yaymi? Iltimos yordam beringlar. Harom eb qo‘yishdan qo‘rqyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha mavzularni yana bir o‘qib, to‘rt bahoga o‘zlashtirib qo‘yishingiz kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha mavzularni yana bir o‘qib, to‘rt bahoga o‘zlashtirib qo‘yishingiz kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom