Shirk keltirib qo‘ymadimmikin?
Assalomu alaykum! Alloh xayrli ishlaringizdan rozi bo‘lsin. Yoshim 21da. Chamamda 3-4-sinfda o‘qib yurgan vaqtimda sinf o‘qituvchimiz bizni botanika bog‘iga olib bordi. U erni aylanish chog‘ida ustozimiz bizga "zinadan sanab chiqinglarda tepadigi daraxtga lentani bog‘lab tilaklaringizni aytinglar, yana sanab qaytib tushinglar" dedilar. Biz o‘qituvchimiz aytgandek daraxtga o‘zimiz xoxlagan narslarni so‘rab lenta bog‘ladik. Men, otam chet elda 3 yildan buyon ishlayotganlari uchun ularni qaytishlarini so‘ragandim. Allohni ismini zikr qilib so‘radimmi yo‘qmi aniq eslolmayamman. Keyin lentani bog‘lagandim. Lenta bog‘lab pastga zinani sanab tushdik. O‘qituvchimiz "kimda tepaga chiqishda ham tushishda ham bir hil son chiqqan bo‘lsa u ijobat bo‘lmaydi, kimda ikkalasi xam ikki xil son chiqqan bo‘lsa ijobat bo‘ladi" dedi. Ota onam kichikligimdan Allohdan boshqa xech kimdan madad so‘rab bo‘lmaydi deb ko‘p aytishgandi. Shu sabab sumalak kovlab niyat xam qildirishmas edi. Men xali xanuz tavba qilaman shu xotiralarni eslab, chunki o‘sha vaqtda 10 yoshda bo‘lganman, qiz bolalarga balog‘at yoshi 9 yoshdan bo‘lgani uchun men shirk keltirib qo‘yganlardanmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Balog‘at yoshi qizlar hayz ko‘rishidan boshlanadi. Tavba qilgan bo‘lsangiz bo‘ldi hadeb eslab ezilavermaslik kerak. Alloh taoloning “G‘ofur” sifatidan umid qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:12 | Savol-javoblar | 165 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Balog‘at yoshi qizlar hayz ko‘rishidan boshlanadi. Tavba qilgan bo‘lsangiz bo‘ldi hadeb eslab ezilavermaslik kerak. Alloh taoloning “G‘ofur” sifatidan umid qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:12 | Savol-javoblar | 165 | Islam