Dinsizlik va taloq

Assalomu alaykum! Men turmushga chiqqandim. Lekin kuyov bilan o‘rtamizda jinsiy aloqa bo‘lmadi, kuyov bilan bir hafta bir uyda yashaganimizdan so‘ng u uzoqqa ketib qoldi. Ajrashaman deb. Keyinchalik uni dinsiz ekanini bildim. Endi savolim quyidagicha: 1). U dinsiz bo‘lsa ham, o‘rtamizda jinsiy aloqa bo‘lmagan bo‘lsa ham shariy nikohimiz o‘tganmi? 2). Uch oydan beri birga yashamaymiz, bizga taloq tushganmi? 3) Taloq olib, idda saqlashim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Avvalo “dinsiz” deganingizda nimani nazarda tutganingizga bog‘liq. Agar nikohdan oldin dinsiz bo‘lgan bo‘lsa, nikoh bog‘lanmaydi. Agar nikohdan keyin dindan qaytgan bo‘lsa, sizning iddangiz chiqquncha tavba qilib islomga qaytsa, nikohlaringiz qoladi. Shuning uchun holatni aniqlash kerak bo‘ladi.2). Birinchi holatni aniqlanganda bu savolga ham javob bo‘ladi. Birga yashamaslikning o‘zi bilan taloq tushmaydi.3). Bu savolga ham birinchi holatdan kelib chiqib javob beriladi. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:11 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar