Dugonamning ishlari

Assalomu alaykum! Dugonam bankda ishlaydi(adashmasam kredit erda ishlash xarom) va undan tashqari u oyligidan soliq to‘lamaslik uchun atay oyligini straxovaniyaga o‘tkazadi, darrov necha kun mobaynida soliq uchun to‘lanishi kerak bo‘lganda summa bilan oladilar, adashmasam, dinimizda soliq to‘lashdan qochish gunox? Shunga iltimos manga misollar bilan yordam bering, dugonamni xato qilishini, gunoxga botishini istamayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! An’anaviy sug‘urta ko‘p hollarda qimor, g‘arar va ribo ustiga qurilgan bo‘ladi. Bu esa shariatimizda harom qilingan: عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرِّبَا سَبْعُونَ حَوْبًا، أَيْسَرُهَا نِكَاحُ الرَّجُلِ أُمَّهُ، وَأَرْبَى الرِّبَا : اسْتِطَالَةُ الرَّجُلِ فِي عِرْضِ أَخِيهِ. ورواه الإمام أحمد في المسند   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ribo etmish juzdir, uni(gunohi)ng eng engili kishi onasi bilan yaqinlik qilish bilan barobardir. Riboning eng kattasi kishi o‘z birodarining obro‘sini to‘kishdir”.
Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat qilganlar.عن عبد الله بن حنظلة غسيل الملائكة قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم درهم ربا يأكله الرجل وهو يعلم أشد من ست وثلاثين زنية. رواه أحمد، والطبراني في الكبيرAbdulloh ibn Hanzala(farishtalar g‘usl qildirgan zot) roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi bilib turib ribodan bir dirham eyishi 36 bor zino qilishdan qattiqdir” dedilar.
Imom Ahamad va Tabaroniylar rivoyati. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:11 | Savol-javoblar | 197 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar