Ijtimoi tarmoqdagi guruhlar haqida

Assalomu alaykum! Menda islomiy telegram guruhlari bor va u guruhda Qur’on tilovatlari, din bo‘yicha savol-javoblar bo‘ladi va shu bilan birga u erda soliha ayol va qizlar ham bor ular ham bazan shu savol-javoblarda qatnashishadi va bazan ovoz bilan ham javob berishadi. Savolim shuki ayol qizlarni u guruhga ilm olish uchun kirishligi to‘g‘rimi va shu bilan birga savol javoblarga qatnashishlarichi? Biz yigitlarga nima maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo islomiy guruh qilib unga ma’lumot tashlash uchun islomiy ilmga ega bo‘lish kerak. Ayol-qizlarni sizning guruhingizdan ma’lumot olishlari durust bo‘lsa ham, javoblarga ovozli tarza qatnashishlari va nomahram erkaklar bilan yozishishlari shariatga to‘g‘ri kelmaydi. Yigitlarga maslahat Allohga taqvo qilib, nomahram ayol-qizlar bilan muloqot qilmanglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:11 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar