Masjidga yosh bolalarni kirishi

Assalomu aleykum! Alloh umringizni ziyoda qilsin. Masjidga yosh bolalarni necha yoshdan kirishi mumkin? Yaqin kunlarda masjidga bir mo‘min 5-6 yasharli o‘g‘lini olib kelgandi. Domlamiz chiqarib tashlashini so‘radi. Nega, sabab, dalil isbot so‘ragan edi, aniq bir xadis keltira olmadilar. Chiqarmasangiz takbir aytmayman dedilar domla. Mo‘min boshqa qaytarilmaydi dedi. Shu masalaga oydilik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidlardan majnun hamda sobiy(tahoratini o‘zi eplolmaydigan, bavl yoki najosat qilib masjidni najas qilib qo‘yadigan) go‘daklarni masjiddan uzoqroq qilinglar deganlar. Ba’zi bir buzg‘unchilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu muborak ta’limotlarini qing‘irga burdilar, dinni buzishga harakat qildilar. Bu bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Bolalar etti yoshga etganida namozga buyuringlar, o‘n yoshda o‘qimasa uringlar” degan hadislariga qarshi chiqdilar. Holbuki ularning namoz o‘qishlari ham kattalarniki kabi masjidda bo‘lishi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga chiqmaganlar haqida: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَدَ نَاسًا فِي بَعْضِ الصَّلَوَاتِ فَقَالَ: لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ آمُرَ رَجُلًا يُصَلِّي بِالنَّاسِ، ثُمَّ أُخَالِفَ إِلَى رِجَالٍ يَتَخَلَّفُونَ عَنْهَا، فَآمُرَ بِهِمْ فَيُحَرِّقُوا عَلَيْهِمْ بِحُزَمِ الْحَطَبِ بُيُوتَهُمْ، وَلَوْ عَلِمَ أَحَدُهُمْ أَنَّهُ يَجِدُ عَظْمًا سَمِينًا لَشَهِدَهَا يَعْنِي الْعِشَاءَ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ وَفي رِوَايَةٍ: إِنَّ أَثْقَلَ صَلَاةٍ عَلَى الْمُنَافِقِينَ صَلَاةُ الْعِشَاءِ وَصَلَاةُ الْفَجْرِ، وَلَوْ يَعْلَمُونَ مَا فِيهِمَا لَأَتَوْهُمَا وَلَوْ حَبْوًا، وَلَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ آمُرَ بِالصَّلَاةِ فَتُقَامَ، ثُمَّ آمُرَ رَجُلًا فَيُصَلِّيَ بِالنَّاسِ ثُمَّ أَنْطَلِقَ مَعِي بِرِجَالٍ مَعَهُمْ حُزَمٌ مِنْ حَطَبٍ إِلَى قَوْمٍ لَا يَشْهَدُونَ الصَّلَاةَ فَأُحَرِّقَ عَلَيْهِمْ بُيُوتَهُمْ بِالنَّارِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi namozlarda bir qancha odamlarning yo‘q bo‘lganini bilib: «Batahqiq, men bir kishini odamlarga namozga o‘tib berishini, namozga kelmay, orqada qolayotganlarga o‘zim borib, ularning uylariga o‘tin bog‘lamlarini qalab turib, ustilaridan yoqib yuborishlarini amr qilishga qasd qildim. Agar birlari semiz go‘shtli suyak topsalar, unga hozir bo‘lar edilar», dedilar. Ya’ni, Xuftonga, demoqchilar. Beshovlari rivoyat qilganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Alloh taoloning quyidagi oyatiga tushib qolishdan qo‘rqaylik. الَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا وَهُم بِالآخِرَةِ كَافِرُونَ۝ 45. Ular Allohning yo‘lidan to‘sadigan, uning qing‘ir bo‘lishini istaydigan va oxiratga kofir bo‘luvchi kimsalardir» (A’rof surasi). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 02:09 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar