Namozxonni oldidan kesib o‘tish

Assalomu alaykum! Kecha bir xolat yuz berdi: masjidda namozni yakunlab chiqayotgan edim. Eshik oldida 2 yigit namoz o‘qiyotgan ekan. Men biroz shoshilganim bois tezroq qadam bosayotgan edim. Ular mendan 7-8 metr uzoqda edi. Bilmay ularning oldidan kesib o‘tdim. Xayolimda "erdagi gilamlarning chiziqlari to‘sib turar" degan fikr keldi. Ammo xali xanuz yuragim xijil bo‘ldi. "Kifoya" (1 juz)da etarli javob topa olmadim. Ustozlar kesib o‘tganim gunoxi kafforoti uchun nima qilay? Shuncha yillik ibodatlarimiz xabata bo‘lib ketadimi? Hurmatli ustozlar, sizlarni xalqimiz kuzatadi. Iltimos, shu xolatni ularga ma’lum qilinglar. Masjidga biroz kech kelgan birdarlarimiz old qatorga intilishsin. Masjidning eshiklari yoki chiqish qismidan joy egallab, ko‘pchilikni yo‘llari to‘silmoqda. Bu xolat ko‘pchilikka jabr bo‘layabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kafforati tavba qilish. Masjidning avvalida joy bo‘laturib orqada odamlarni yo‘lini to‘sib namoz o‘qish xususan eshikni to‘sib olib namoz o‘qish zulm hisoblanadi. Odamlar bundan g‘aflatdalar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 189 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar