Kreditni qaytarish

Assalomu alaykum! Bir musulmon kishi Rossiya fukaroligini olgan. Rossiya tijorat bankdan kredit olgan va kreditni to‘liq qaytarishga ulgurmasdan vafot etgan. Rossiya banklarini ichki tartibi bo‘yicha vafot etgan insonni krediti kechilar ekan. Savol shu kredit qarzi musulmon kishini bo‘ynidan soqit bo‘ladimi yoki farzandlari imkonini qilib to‘lab qo‘yishlari kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng avval qoldirgan merosidan qarzlarini to‘lash kerak. Agar bank kechgan bo‘lsa, zimmasida bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:39 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar