Musofirning muddati
Assalomu alaykum! Oilali erkakni safarda yurish muddati bormi? Men hozir ish bilan o‘zga yurtdaman, o‘zim oilaliman va safarga chiqqanimga 9 oy bo‘ldi. Menga bir namozxon tanishim “oilali odam safarda ko‘p bo‘lmasligi kerak” degan. Ya’ni “uzog‘i 8 oyga ruxsat” degandi. Bunday fatvo bormi dinimizda? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hazrati Umar roziyallohu anhu ayollarning mijozlarini e’tiborga olib, qo‘l ostidagi askarlarga har to‘rt oyda oilasiga kelib turishni joriy qilganlar. Bu hozirgi kunda keng tarqalayotgan, ayollarni noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketishining oldini olish choralaridan biridir.Masalani hamma tarafiga nazar solish kerak. Rivoyatlarda kelishicha bir vaqtlar kuragi erga tegmagan pahlavon kurashchi bo‘lgan ekan. U shaharma shahar yurib polvonlar bilan bellashar, ko‘p sovrinlarni olib, keyingi shahardagi polvonni qidirib ketaverar ekan. Shu holatda oradan oylar o‘tib 6-7 oyda bir uyiga kelar ekan. Shunday safarlaridan biridan qaytib uyiga kelsa, uyda ayoli yo‘q emish. Surishtirsa, ayoli o‘sha qishloqning bir chetidagi kambag‘al, kal odamga erga tegmoqchi bo‘lib, uyiga ketib qolibdi. Shunda ayolini yoniga borib, “Sen ahmoqmisan, mendek pahlavon, polvon eringni shu kalga almashtirmoqchimisan” deganida unga ayoli, “Siz kurash tushib yuravering, menga kal bo‘lsa ham yonimda o‘tiradigan va dardlashadigan er kerak” degan ekan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:17 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush