Muomalasizlik

Assalomu alaykum! Man oldin uncha nomozga egilgan odam emas edim, lekin jumalarni o‘qirdim. Shu kunlada namozimni joyiga qo‘ydim, lekin do‘stlarim meni ozgina ajratib qo‘yishdi gap so‘rasa qiziqarliroq javob bera olmaydigan, hazil qilolmaydigan, hayol pasrasroq, xatto ular bilan gaplashayotganimda ichimda tezroq gapni cho‘zmasdan tugatsa edi deb turaman uyatchang ham bo‘lib qoldim yana doim ichimda qurquv bo‘ladigan bo‘p qogan nima qilsam bo‘ladi yo shular o‘zi yaxshimi? 2). Mani ancha kuynib bo‘sh bo‘lib qolgan birovga o‘zimcha gapirmayman so‘kolmayman xam. Bundan odamlar foydalanib mazax qilishga urinishadi, lekin bilagimda kuchim etarli. Ammo ko‘nglim boshqa yomon gapirishga juratim etmaydi. Ertaga biror joyda boshliq bo‘lsam nima qilaman degan savol ko‘p qiynaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ibodat qalbni yumshatib odamni mehrli qilib qo‘yadi. Ammo kerakli joyda meyorda jasorat bo‘lishi kerak, kalaka qilinishga sabab bo‘lmang va sababsiz kalaka qilgan odamlarni chiroyli tanbeh berib bu ishdan qaytaring. Namozxon degani kim nima desa sabr qilib ketaverish degani emas. Mo‘min odam erkak xossatan o‘ziga keraklik sifatlar bilan bo‘lishi lozim, ustingizdaishlang. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 163 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar