Ayolga munosabat

Assalomu alaykum! Kishi taloqni nazarda tutmay va tilga olmasdan, ayoliga xoxlasang men bilan yasha, xoxlamasang ket yoki sendaqa xotin menga kerakmas desa buni masalasi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu xohlasang yasha xohlamasang yashama deyish ixtiyor berish hisoblanadi. Agar ayol bu gapni eshitiboq “Yashamayman” desa taloq tushadi. Ket deb “sendaka xotin menga kerakmas” deyishdan taloqni niyat qilmaslikni tushunmadik. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar