Payg‘ambarimiz ismlariga hurmat

Assalomu alaykum! Men maktabda va bir qator ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchilik bilan shug‘ullanaman. Alhamdulillah, o‘quvchilarimning ismlarini eshitib ko‘ngil yorishadi. Ota-onalarning ism borasidagi tanlovlaridan xursand bo‘laman. Abdulloh, Muhammad, Muhammadali va shu kabi ismlar deyarli hamma sinfimda bir nechtadan bor. Lekin afsuski ularning hammasi ham yaxshi o‘qishmaydi. Odoblari ham zo‘r emas. Shuning uchunularga past baho qo‘yishga majbur bo‘laman. Ism hurmatidan baholarini ko‘tarib qo‘ysam bo‘ladimi?! Bunda boshqalarga nisbatan adolatsizlik emasmi?! Aslida, hammaga yaxshi baho qo‘ysa ham bo‘laveradi. Dars musobaqa emas, hamma yutishi mumkin. To‘g‘risi, Payg‘ambarimiz ismlariga hurmatsizlik qilgim kelmaydi. Bu haqida ba’zi rivoyatlar ham eshitgan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularni ismini hurmat qilib yomon o‘qisa ham yaxshi baho qo‘ysangiz kasbingizga xiyonat qilgan bo‘lasiz. Adolatsizlik ham bo‘ladi. Bu ishda asos o‘quvchining ilmi, odobi va tirishqoqligi bo‘lish kerak. Ularni bilimiga yarasha baho qo‘yingda ismiga va diniga munosib bo‘lishlarini ta’limini bering. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 169 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar