79-hadis sharhi

Assalomu alaykum! 79. Abdullox ibn Abbos roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi: «Rasulullox sollAllohu alayxi vasallam Ramazondan boshka oyning ro‘zasini xech tӱliq tutmaganlar. Qachon tutsalar, hatto gapiruvchi, og‘izlarini ochmasalar kerak, der edi. Ogizlari ochik bo‘lardi, hatto gapiruvchi, ro‘za tutmasa- lar kerak, der edi. Buxoriy va Muslim rivoyat kilishgan. Ustozlar iltimos ushbu hadisni sharhlab bera olasizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ramazon oyidan boshqa oylarda to‘liq bir oy ro‘za tutmaganliklari aytilmoqda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gohida surunkasiga ro‘za tutar edilar, hatto kishilar u kishi og‘izlarini ochmasa kerak, deb o‘ylab qolishadi. Gohida esa, surunkali og‘izlari ochiq yurganlaridan kishilar endi ro‘za tutmasalar kerak, deb o‘ylab qolishar edi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 187 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar