Baland gapirish
Assalomu alaykum! Hujurot surasi 2-oyat tushuntirib bersangiz. Ey iymon keltirganlar ovozingizni Nabiyning ovozidan yuqori ko‘tarmang va unga bir biringiz ila so‘zlashgandek baland so‘zlamang o‘zingiz sezmagan holda amallaringiz habata bo‘lib qolmasin. Bilmagan odamga gunoh yo‘qmi bilmasa ham habata bo‘lib ketaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha bilmaganlarga bildirish uchun oyat vahiy bo‘lgan. Bu vahiydagi qaytariqdan keyin “bilmaganman” degan uzr qolmaydi.Bu oyati karima ham, xuddi avvalgisi kabi mo‘minlar uchun eng sevimli nido:«Ey iymon keltirganlar!» nidosi bilan boshlanyapti.
Bu nido har bir iymonli shaxsning qalbini junbushga keltirib, iymon shabadasini estiradi, ko‘ngilda iymon nomi bilan buyuriladigan har bir amru farmonga tayyorlik ruhini oshiradi. Jumladan, ushbu oyatdagi buyruq va qaytariqlarga ham so‘zsiz amal qilishga chorlaydi.
Alloh subhanahu va taoloning hikmati ila har bir oyatning tushish vaqti va makoni ham eng ta’sirli bir holatlarda bo‘lib, keyinchalik oyatlar mazmunini tushunishga va unga amal qilishga bevosita yordam beradi. Jumladan, mazkur oyatning tushish sababi haqidagi rivoyatda aytilishicha, hijratning to‘qqizinchi yilida Payg‘ambarimiz alayhissalomningning huzurlariga Bani Tamim qabilasi vakillari kelib Islomni qabul qilgan paytlarida hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu: «Ey Rasululloh, ularga Qa’qa’ ibn Ma’badni amir qiling», debdilar.
Hazrati Umar esa «Al-Aqra ibn Hobisni amir qiling», debdilar. Shunda Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: «Sen menga xilof qilishni xohlab shunday qilding», deganlarida hazrati Umar: «Men xilof qilishni xohlaganim yo‘q», deb javob beribdilar.
Orada gap aylanib, bir-birlariga ovozlarini ko‘taribdilar. Shu voqea mazkur oyatning nozil qilinishiga sabab bo‘lgan ekan.
«Ey iymon keltirganlar! Ovozingizni Nabiyning ovozidan yuqori ko‘tarmang...…»
Demak, musulmon inson Payg‘ambar alayhissalom bor joyda ovozini u zotning ovozlaridan baland qilmasligi kerak.
Ulamolarimiz ushbu ma’noga qiyos qilib, musulmonlar o‘z ota-onalari, ustozlari, rahnamolari va muhtaram zotlar bor joyda ham ovozlarini baland ko‘tarib odob doirasidan chiqmasliklari matlubdir, deydilar.
«...va unga bir-biringiz ila so‘zlashgandek dag‘al so‘z aytmang...»
Ya’ni Payg‘ambar alayhissalomga boshqa oddiy musulmonlarga aytadigan dag‘al so‘zlar ila muomala qilmang. Ul zot bilan bo‘ladigan so‘zlashuvingizda yuksak odob doirasida bo‘ling. Yana,
«...…o‘zingiz sezmagan holda amallaringiz habata bo‘lib qolmasin».
Demak, Alloh va Uning Payg‘ambaridan oldin shoshilish hamda Payg‘ambarimiz alayhissalom bor joyda ovozni u zotning ovozlaridan baland ko‘tarish va nihoyat, u zotga boshqalarga aytgan kabi dag‘al so‘zlarni aytish insonlar qilgan savoblarining habata bo‘lishiga, ya’ni befoyda bo‘lib qolishiga sabab bo‘lar ekan. Shuning uchun bu masalada juda ham ehtiyot bo‘lmoq zarur.Ushbu oyat nozil bo‘lgandan keyin Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: «Ey Allohning Rasuli, endi siz bilan faqat sirdoshim bilan gaplashgandek gaplashaman», degan ekanlar.
Qur’oni Karimning boshqa oyatlari kabi bu oyati karima ham barcha sahobalarga qattiq ta’sir qildi. Ular ushbu oyatdagi «O‘zingiz sezmagan holda amallaringiz habata (bekor) bo‘lib qolmasin» jumlasining haqiqiy ma’nosini anglab etganlaridan so‘ng, qalblari larzaga keldi, vujudlarini titroq bosdi, o‘zlarini taftish qila boshladilar. Ba’zilarida oyatda zikr qilingan kamchilik bo‘lsa tuzatdilar, ba’zilari esa oyat aynan o‘zlari haqida tushgan deb qabul qildilar.
Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhu Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki: «Sobit ibn Qays ibn ash-Shammos baland ovozli odam edi. «Ey iymon keltirganlar! Ovozingizni Payg‘ambar ovozidan ko‘tarmang...» oyati nozil bo‘lganda u kishi ovozini Payg‘ambarga ko‘targan o‘sha odam menman, do‘zax ahlidan bo‘lgan ham menman, endi qilgan amalim habata (bekor) bo‘ldi, deb ahli ayoli ichida mahzun bo‘lib o‘tirib qoldi. Ittifoqo, shu payt uni Rasululloh alayhissalom axtarib qoldilar.
Kishilar uning huzuriga borib: «Seni Rasululloh alayhissalom axtaryaptilar, senga nima bo‘ldi?» deyishdi.
Shunda u kishi: «Ovozini Payg‘ambarning ovozidan baland ko‘targan menman, u zotga dag‘al so‘z aytgan ham menman, amalim habata (bekor) bo‘ldi, men do‘zax ahlidanman», dedi. Kelib Payg‘ambarimiz alayhissalomga xabarni etkazdilar.
Shunda u zoti bobarakot: «Yo‘q, u jannat ahlidan», dedilar».
Buyuk tafsirchilardan Ibn Kasir Payg‘ambar alayhissalom qabrlari oldida ovozini baland ko‘tarish, xuddi tirikliklarida huzurlarida ovozini baland ko‘targanidek makruhdir, chunki u zot hayotlarida muhtaram bo‘lganlaridek, qabrlarida ham muhtaramdirlar, degan.
Bir kuni hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz alayhissalomning masjidlarida ikki kishining ovozi ko‘tarilganini eshitib, oldilariga kelib: «Ikkovingiz qaerda turganingizni bilasizmi?» debdilar.
So‘ngra yana so‘rabdilar: «Qaerliksizlar?» Ular toiflik ekanliklarini aytishibdi. Shunda hazrati Umar: «Agar madinalik bo‘lganlaringizda yaxshilab adabingizni berardim», debdilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:55 | Savol-javoblar | 215 | Dolzarb savollar