Ish topgan odam pul olish

Assalomu alaykum! Bir yigit qurilishda “g‘isht etkazib berish ishini” gaplashib, meni ishga chaqirdi. G‘ish donasi 27 von ekani bu ishni gaplashib dagavor qilgan odam kareyts 3 von olishini 24 vondan bizga tegishini aytdi. Endi meni chaqirgan bolani g‘ish uchun moslashtirilgan faqat g‘ishni toshiydigan o‘zining aravasi borligi uchun bu arava haqqiga oyiga 200.000 vondan olishini aytdi. Menda unday arava yo‘q edi. Men roziman deb kelishdik. Men so‘radim aravani o‘zing olganimisan yoki firma berdimi bu aravani deb. U yo‘q bu o‘zim sotib olganman bu o‘zimniki dedi. Oradan 3 oy ishlatdim 3 oy dan keyin aravalar firmaniki ekanligi va u aravalar hech qanday to‘lovsiz berilishini firma taminlab berishini ayti. Shunday bo‘lsada Avvalgi bergan pullarimga rozi bo‘lsam hukmi qanday. Riboga aralashib qolmaymanmi. Hozir esa qolgan 1,5 oy uchungi 300.000 von to‘ovchi uni ham bersam bo‘ladimi ribo emasmi. Agar ribo bo‘lsa ish topib berganing uchun qancha beray avvalgi berganlarimni qaytar desam, u bersayu. Ish topganimga undan ham ko‘p pul ber desa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Arava firmaniki bo‘lsa va uni ijaraga berishga ruxsat olmagan bo‘lsa sizdan u evaziga haq talab qilishi mumkin emas. Shunda avvalgi bergan ijara pullaringizni qaytarib berishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Dekabr 2023, 14:19 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar