Chekadigon yoshi katta insonlarga salom berish

Assalomu alaykum! Yoshi katta amaki chekib turgan paytida unga salom bersam bo‘ladimi yoki umuman olganda chekib turgan odamga salom bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holatga qaraysiz. Agar insonlar unga salom bermayotganini ko‘rib o‘sha harom ishini tashlashiga ko‘zingiz etsa salom bermang. Agar bu unga ijobiy ta’sir qilish o‘rniga o‘rtada adovat keltirib chiqarsa salom beravering. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 16:27 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar