Hijobsiz ayolning ibodatini qabul qilmaydi hadisi
Assalomu alaykum! Bir hadisni videoda ko‘rib qoldim ya’ni Oysha r.a dan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz Sallollohu Alayhi Vasallam aytdilar: Alloh balog‘atga etgan hijobsiz ayolning ibodatini qabul qilmaydi! Abu Dovud rivoyat qilgan. Ushbu hadis sahihmi? Ma’nosi shu namoz o‘qiganda hijobda bo‘lishi shartligimi? yoki umumiy ya’ni ko‘cha ko‘yda nomaxramlarni oldida ham hijobsiz ayollarning ibodatini nazarda tutganlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis sahih.لا يقبلُ اللَّهُ صلاةَ حائضٍ إلَّا بخِمارٍUshbu hadis namozda avratlar berkilishi lozimligiga dalolat qiladi. Namozda satri avratda bo‘lib nomahramlarni oldida avratini ochib yuruvchilarning ham namozi maqbul. Ular o‘sha qilib yurgan ishlari uchun alohida javobgar bo‘ladilar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 05:06 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar