Zarxal taqinchoqlarni taqish

Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan izlab topolmadim. Ayollarga ruschasiga pozolochniy (zarhal) deyiladigan turdagi taqinchoqlarni taqish mumkinmi? Bilishimcha uning ikki turi bo‘ladi, birida qimmatbaho bo‘lmagan metall sirtiga oltin suvi yuritilsa, ikkinchi turida rangi oltin rangiga o‘xshaydigan boshqa metall qoplangan bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar badaniga tegib turadigan joyi tillo yoki kumushdan bo‘lsa, uni taqish joiz. Hanafiy ulamolari ayollarga tillo va kumushdan boshqa metaldan bo‘lgan taqinchoqlarni “joiz emas” deganlar. Boshqa mazhab ulamolari “joiz” deganlar. Vallohu a’lam!
https://old.islom.uz/content/view/3165/100/

26 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar