Xo‘rozni ushlatib dam solish

Assalomu alaykum! Yoshim 20da turmushga chiqqanimga xali 1 yil bo‘lmadi, lekin xaliyam xomilador emasman. Shu sababdan qaynonam mani o‘qiydagan ayol oldiga obordila, xo‘rozni ushlab o‘tirdim u ayol elkalarimga urib dam soldi. Bu yaxshimas gunox bo‘ladi, xammasi Allohdan, faqat yaxshi niyat qilib sabr qilish kerak deganimga qaramasdan mani majburlab oborishti. Bu ishimdan astoydil tavba qildim. Shunday "o‘qiydigan" insonlar folbinlar deb ataladi deb o‘qidim? Folbinga borgan ayol eri bilan qayta nikox o‘qitishi kerak ekan deb, oldingi savollarda o‘qidim. Shu masalada yordam bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xo‘roz, echki, qo‘y kabi hayvonlardan farzand yoki hojatini so‘raydiganlar folbinlar bo‘ladi. Ularni farosati shu ergacha etib kelganki, nafaqat farzandni balki hamma narsani qodiri mutloq bo‘lgan Zot Alloh taolodan emas hayvonlardan so‘rashadi. Hadislarda folbinni gapini tasdiqlagan kofir bo‘ladi deyilgan. Siz avvalo tasdiqlamagansiz, qolaversa sizi majburlab olib borishibdi. Tavba qiling va bundan keyin bormaslikka harakat qiling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:06 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar