Kredit va kafillik

Assalomu alaykum! Bizda bir vaziat bo‘lib qoldi, shu borada maslaxat olmoqchi edim. 2019 yil yoz faslida bir ukamiz bizga bir murojat bilan keldi, "Bir do‘stim bor, kredit olmoqchi, lekin kafil topolmay qiynalib yuribti, ishlarini yo‘lga qo‘yvolishda yordamlashvoring, kafil bo‘lib bering" deb iltimos bilan kelganida, yo‘q demay yordam bergandik. Allohim xidoyat berib xarom xalolni ajrata boshlaganimizda, bu qilgan ishimiz riboga yordamlashishga kirishini bildik. Xozirgi kunga kelib, kredit qarzdorligi so‘ndirilmagan, bizni 2 marta sudga chaqirishdi, ijroni bizga qaratib qo‘yishgan. O‘sha vaqtdagi bizga ko‘maklashvoring deb kelgan ukamiz, xozirgi kunda "Meni xech narsa qo‘limdan kelmaydi, kechqurun tongim otishini, kunduzi kunim botishini kutib o‘tiraman, qolgani Allohdan" deb o‘zini chetga olvoldi. Shunday sharoitda qanday yo‘l tutsak bo‘ladi? Shu ukamizi qilgan ishi to‘g‘rimi? Agar, vaziat bo‘lib uni nomiga boshqa kredit chiqarib, bu qarzdorlikni yopsak bo‘ladimi? Dinimiz bunday vaziatlarda qanday yo‘l tutishni maslaxat beradi? Birovdan qarz olib, qilgan ishinga oxiratda xisoblashamiz deyish to‘g‘ri bo‘ladimi? Bizda vaziat shu-ki, chet davlatiga chiqib ketish niyatida edik. Lekin sudni qarori bilan u qarzni yopmasdan chiqishga ruhsat yo‘qligini bildik. Alloh taoladan xaqimizga duo so‘rab bering, iloxim mushkulumizzi oson qilsin, boshimizga tushgan sinovdan chin iymon bilan o‘tish nasib qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromga aralashganingiz uchun tushib qolgan bu tang holatingizdan chiqish uchun yana o‘sha haromga qo‘l urasizmi?! Joiz emas. Alloh barchamizni hidoyatda bardavom qilsin, mushkullarimizni aritsin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar