Qur’onga bulgan munosabat

Assalomu alaykum! Menga nasixat qilsangiz bugungi kunda islom dimimizga bo‘lgan Qur’on kitobimizga bo‘lgan yomon gap so‘z bo‘lgan ishlarni eshitmoqdaman internetdan va men bularni eshitib jaxlim chiqib xaqoratlayman. Ayniqsa Qur’onga bo‘lgan yomon ishni va munosabatini ko‘rib xaqoratlayman, xattoki kofir shayton deyapman. Menga biroz ko‘rsatmalar bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday narsalarni tarmoqda tarqatishdan ko‘zlangan maqsadlardan biri bu musulmonlarni o‘z ishlaridan mashg‘ul qilish, qalblariga g‘ulg‘ula solish, adovatli kayfiyatga tushirish. Zolimlarga Alloh taolo o‘zi kifoya, eng shiddatli tarafdan ularga munosib jazoni albatta beradi. Har kim o‘z kasbini puxta qilishi, o‘z vazifasini ado qilish bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim. Bundaylarga javob qaytaruvchi siz emassiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar