Ishga joylashish

Assalomu alaykum! Menga yaqinda Rossiya firmalaridan biri ish taklif qildi. Bu ish tanishuvlar sayti bilan bog‘liq ekan. Saytda chat yordamchi operatori vazifasida ishlashim kerak, ingliz tili va kompyuterni bilganim uchun taklif jo‘natishdi. Oylik esa saytda amalga oshirilgan to‘lovlardan 30% va agar kimdur sovg‘a yuborsa undan xam 10% berilarkan. Bundan tashqari bonus va mukofotlar xam taklif qilishdi. Ularga rozilik berishdan oldin bu ish joizmi yoki yo‘qmi bilib olmoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu firmaning ishi qanchalik shariatga muvofiq ekanligini biz aniq bilmaymiz. Rossiyadagi tanishuv sayti ekanligidan unda shariatning e’tibori bo‘lmasa kerak deb o‘ylaymiz. Shuning uchun ishida shubha bo‘lmagan boshqa joydan ish toping. Qolaversa, bu kabi noaniqlik asosidagi shartnoma ham durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar