Taloq qilaman deganda taloq tushadimi

Assalomu alaykum! Yaqin tanishim xotini bilan ko‘p urishadi va xotiniga “taloq qilaman talog‘ingni beraman, keyin harom bo‘lasan” deb ko‘p aytadi. Shunday holatda taloq tushadimi? Agar taloq tushsa xotini iddasi chiqib boshqa erga tegsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qilaman, beraman desa tushmaydi. Berdim, qildim deb necha bor aytgan bo‘lsa o‘shancha tushadi. Avval taloq tushganini aniqlash kerak, keyin qolganini hukmi aniq bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar