Otam narozi bo‘lsa namoz o‘qishim to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Biz hozir Rassiyadamiz bir honada do‘stimiz ikkimiz. Turamiz birgalikda namoz o‘qiymiz sunnatga muofiq Alhamdulillah saqol qo‘yganmiz. Bugun bizda qiziq holat bo‘ldi do‘stim uyidagilar bilan video orqali gaplashishganidi saqolini ko‘rib sen nimalar qilib yuripsan uyoqlarda yig‘ishtir unday namozingni qanday o‘qiyotgan bo‘lsang ham, bo‘lmasam bletingni olib kelaver kerakmaz uyoqda namoz o‘qib yurganing deyishti. Endi nima qilishga boshi qotti do‘stimni. Zikr ahlidan so‘rangdan so‘rab bering dadamni aytganini qilib namozni to‘xtataymi yo ho‘p deb qo‘yib o‘qiyveraymi deb sizlardan maslahat so‘rashimni hohladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ma’siyat ishda bandaga itoat qilinmaydi. Ularga aytib ham ko‘rsatib ham so‘rab ham o‘tirmasdan namozlarni o‘qinglar. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh).
Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar