Dorul kufrda ribo
Assalomu alaykum! Ribo xaromligi xaqidagi oyatlar tushganligiga qaramay Abbos (r.a.) makkada ribo bilan shugullanganligini ukib koldim, va u zotning gunoxlari afv etilganligi xakidagi xadis ukidim. Bu masalani oldin xam Bir misrlik insondan eshitgandim. Uning aytishicha Xanafiy olimlari shu xadisdan no musulmon davlatlarda bazi xarom amallarni (masalan ribo, va xamr savdosi va x.k.) kilsa buladi, deyishgan degandi. Uning aytishicha Abbos (r.a.) no musulmon jamiyatda bulganligi uchun kechirildi. Lekin uylashimcha u erda boshka sabab xam bor, va albatta Makkadagi vaziyat bilan xozirgi dorul kufr mamlakatlarining xolati Bir xil emas, lekin shu sozlarga ishonib bemalol bu ishlarni kilib yurganlar xam bor. Men bu xadisning sharxini yaxshi tushunib xozirgi xolat bilan solishtirni xoxlardim. Shu masalada yordamingiz kerak edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Makkadagi vaziyat bilan xozirgi G‘arb mamlakatlarining holati bir xil emas. Abbos roziyallohu anhu va boshqalarning ribosi Makka fathi kuni bekor qilinishi to qiyomatgacha bo‘lgan. Ayrim faqihlar kufr diyorida g‘ayridin bilan ribo yo‘q deganlari juda ham nozik masala bo‘lib, duch kelgan holatga solishtirish aslo joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 06:55 | Savol-javoblar | 176 | Hadislar