Hasan hadislar
Assalomu alaykum! Hasan hadislar deganda qanday hadislar tushiniladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz rahimahullohning “Mustalahul Hadis” kitobini olib o‘qisangiz hadis ilmi haqida batafsil bilib olasiz. HASAN HADIS Xuddi sahih hadisga o‘xshab, hasan hadis ham ikki turdan iborat. 1. Hasan lizatihi – o‘zi hasan bo‘lgan hadis. 2. Hasan lig‘oyrihi – o‘zidan boshqa bilan hasan hadis. Hasan hadisning ta’rifi: «Hasan» so‘zi lug‘atda sifati mushabbaha bo‘lib, «husn – go‘zallik» ma’nosini anglatadi. «Mustalahul hadis» ulamolari esa hasan hadisning ta’rifida turli gaplarni aytganlar. Chunki bu hadis sahih bilan zaifning o‘rtasida kelgan. Shuning uchun uning ta’rifi ixtilofga sabab bo‘lgan. Buning ustiga, ba’zi ulamolar hasan hadisni ta’rif qilayotganda umumiy ta’rifni emas, balki ta’rifning ikki qismidan birini keltirganlar. Xattobiyning ta’rifi: Hasan hadis – chiqarilgan joyi ma’lum va odamlari mashhur bo‘lgan hadisdir. Ko‘pgina hadislar shular jumlasidan. Ulamolarning ko‘pchiligi uni qabul qiladi va fuqaholarning barchasi unga amal qiladilar. Termiziyning ta’rifi: Rivoyat qilingan har bir hadisning sanadida yolg‘onchilikda tuhmat qilinmagan shaxslar bo‘lsa va hadisning o‘zi shozz bo‘lmasa, bir vajhdan (yo‘nalishdan) boshqa yo‘nalishlarda ham rivoyat qilingan bo‘lsa, bizning nazdimizda hasan hadisdir. Ibn Hajarning ta’rifi: Ohod xabar odil, zobti tugal bo‘lgan roviydan naql qilingan bo‘lsa, sanadi muttasil bo‘lsa, illati bo‘lmasa va o‘zi shozz bo‘lmasa, sahih lizatihi bo‘ladi. O‘sha shartlarning ichida zobtida bir oz engillik bo‘lsa, hasan lizatihi bo‘ladi. Ibn Hajarning ta’rifiga qaraladigan bo‘lsa, hasan hadis ham xuddi sahih hadisga o‘xshaydi, lekin uning roviysining zobti ozroq bo‘ladi. Bu ta’rif hasan hadisning eng yaxshi ta’rifi hisoblanadi. Xattobiyning ta’rifini tanqid qilganlar juda ko‘p. Termiziy hasanni emas, hasan lig‘oyrihini ta’rif qilgan. Aslida ta’rif hasan lizatihiga berilishi kerak. Chunki hasan lig‘oyrihi aslida zaif hadislar qatoriga kiradi. Lekin rivoyat qilingan yo‘llari ko‘p bo‘lganligidan, ular bir–birini quvvatlab, hasanning martabasiga ko‘tarilib qolgan bo‘ladi. Ixtiyor qilingan ta’rif: Hasan hadisni ibn Hajarning ta’rifiga suyangan holda ta’rif qiladigan bo‘lsak, quyidagicha bo‘ladi: «Sanadi muttasil bo‘lib, zobti engilroq odil kishi o‘z mislidan oxirigacha rivoyat qilgan hamda shuzuz va illati bo‘lmagan hadis hasan hadisdir». Hasan hadisning hukmi Hasan hadisning quvvati sahih hadisnikidan ozroq bo‘lsa ham, hujjat sifatida sahih hadisdekdir. Shuning uchun hasan hadisni barcha fuqaholar hujjat tarzida keltirganlar va unga amal qilganlar. Hasan hadisni hujjat qilib keltirsak bo‘ladi, degan gapni muhaddislar va usul ulamolarining ko‘pchiligi aytganlar. Faqat juda oz kishilargina bu gapni aytishmagan. Ba’zi engil oladiganlar esa hasanni sahihning qatoriga qo‘shishgan. Bu ishni qilganlar ichida Hokim, ibn Hibbon va ibn Xuzayma kabi ulamolar bor. Garchi ular avvalgi ta’rifga qo‘shilsalar ham, hasanni sahihga qo‘shib yuborsak bo‘laveradi, deb engil olganlar.(“Mustalahul Hadis” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 223 | Hadislar