Dindan chiqmaydimi

Assalomu alaykum! 1. Bir ona o‘g‘lini yomon harakatlarini ko‘rib, bolam ehtiyot bo‘l oq bo‘lib qolma desa, va o‘g‘il yaxshi, yaxshi deb aytsa. Bola dindan chiqib qolmaydimi? 2. Mug‘iyra ibn Subaydan rivoyat qilinadi: Kim uyquga yotishdan oldin, Baqara surasidan 10 oyat o‘qisa, Qur’onni hech qachon unutmaydi: boshidan 4 oyat, Oyatul kursiy, undan keyingi 2 oyat, oxiridan 3 oyat. Ishoq bu jumlani yodlaganini unutmaydi, deb tushuntirgan. Shu hadis ishonchlimi va buni kim aytgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘g‘il ota-onasiga oq bo‘lishdan saqlansa va bu ishni (oq bo‘lish gunohini) engil sanamasa dindan chiqmaydi.
2). Amal qilinadigan hadis.  عن المغيرة بن سبيع ـ وكان من أصحاب عبد الله بن مسعود رضي الله عنه ـ قال: من قرأ عشر آيات من البقرة عند منامه لم ينس القرآن: أربع آيات من أولها، وآية الكرسي، وآيتان بعدها، وثلاث من آخرها رواه الدارمي في سننه Mug‘iyra ibn Subay’ rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinadi (u kishi Abdulloh ibn Mas’udning ashoblaridan edi): Kim uxlashdan oldin Baqara surasidan 10 oyat o‘qisa Qur’on uning zehnidan ko‘tarilmaydi. (Ular:) avvalgi 4 oyat, oyatul kursiy, undan keyingi 2 oyat, suraning oxiridagi 3 oyat. Imom Dorimiy Sunanda rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:55 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar