Gaymarit

Assalomu alaykum! Men gaymarit kasalligiga chalinganman. Hozircha to‘liq tuzalganim yo‘q. Burunga yiring yig‘iladi. Uni qoqib tashlagandan keyin har safar burunning ichini ham tozalab yuvsam kasallik ortyabti. Yiringni qoqib tashlagandan keyin faqat burunni ustini nam salfetka bilan tozalab tahorat olib namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik bo‘lsa tuzalguningizcha tahorat qilishda burningizga suv olmasdan qilib turing. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:55 | Savol-javoblar | 178 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar