Gunohlar va shariat qoidalari

Assalomu alaykum! 1) Men bilishim bo‘yicha inson qilgan gunohlari uchun bu dunyoda javob bermasa, qabrda va qiyomatda javob beradi. Shu qabrdagi va qiyomatdagi azoblar insonni qilgan gunohiga qay darajada kafforat bo‘ladi. Shu kafforat evaziga do‘zax azobidan qutulish yoki engilatishi mumkinmi? Jannatdagi inson gunoh qilmasdan yashaydimi? 2) Hozirda Tv orqali o‘zimizni kino va seriallarda ayollarni tug‘ish sahnalari beriladi.Shularni ko‘rish joizmi? Bolalarga bu narsalarni necha yoshdan tushuntirish lozim? Jinsiy tarbiya bo‘yicha bolalar voyaga etayotganlarida ota-onalar bu haqida tushuntirishga uyaladilar. Shu narsa haqida islomda qanday ko‘rsatmalar bor? 3) Sizlar zakot bo‘yicha 1 gramm tillani 250 000 (ikki yuz ellik ming) so‘m degan ekansizlar.(https://shshsh.gazeta.uz/oz/2020/04/14/zakot/) Hozir davlat chiqarib sotayotgan tilla miqdori qimmatku. (https://daryo.uz/2020/11/02/ozbekistonda-quyma-oltin-yombilarining-sotuvi-boshlandi/). Bunda nimani hisobga olish kerak? 4) Men kechasi turishga ko‘zim etmagani uchun vitrni xuftondan so‘ng o‘qib uxlayman. Nafl va tahajjud namozlari vitrdan oldin o‘qilishini yaqinda bilib qoldim. Shu kechasi vitrni o‘qib uxlasam bomdod kirishidan oldin uyg‘onib ketsam, Nafl va tahajjud namozlarini o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kafforat bo‘ladi. ba’zi birlar qabrda azoblangani kifoya qilib do‘zaxga kirmasliklari mumkin. Ammo hech qachon “Allohim meni oxiratdagi azobimni bu dunyoda yoki qabrda bergin” deb so‘rash mutlaqo joiz emas. Uni hrniga mahfirat qilgin deyish kerak. 2). Uylanayotganda bu sohani mutaxassislariga borib ilmini o‘rganib olishi kerak. Qizlarga ham o‘shanday ayol mutaxassis va dindor ayolga borishni maslahat berishlari kerak. Jinsiy tarbiya ham dinning bir bo‘lagi hisoblanadi. Albatta buni turmushga chiqish va uylanish tayin bo‘lgan vaqtda qilish kerak. 3). Hozirgi kunda necha puldan sotilayotgan bo‘lsa o‘shandan hisoblash kerak. 4). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:59 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar