Spirt sotish

Assalomu alaykum! Men aptekada ishlayman va avvalo Alloh asrasin u gumon iymondan ayirar diydi ammo ba’zida guvox bo‘laman spirtni mendan ichishga olishini sezib qolaman, ammo balki boshqa narsaga ishlatar deb sotaman lekin ba’zilar 2 oyoqda zo‘rg‘a turib kelishadi. Ba’zilarda esa aroq spirt xidi kelib turadi bunday vaziatda nima qilishim kere? 2). O‘sha ishlayotgan aptekamda dori buyumlar ustiga foiz qo‘yilib sotiladi. Bu erda men oddiy sotuvchiman xalos bir oyda bir oylik olaman foiz yomon narsaligini bilaman kanday yo‘l tutishim kere? Ishlayveraymi olayotgan oyligim xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bunday alomatlari bo‘lganlarga sotmang. Ochiq-oydin sotmayman deb ayting.2). Vazifangizni halol ado etayotgan bo‘lsangiz oyligingiz halol. Narxdagi foydani foizda hisoblash gunoh ish emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:06 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar