Kredit olsam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Biz oilada 5 kishi turamiz. Qaynona-qaynotam, qaynukam, xo‘jayinim va o‘zim. Uchovlari ham ishlashadi, men bilan qaynukam esa hali studentmiz, ikkalamiz ham kontraktda o‘qiymiz. Toshkentda ijarada turamiz. Xo‘jayinim va qaynona-qaynotamning topishlari uncha yaxshimas. Uchovlarining bir oylik topganlari ijara to‘lovlariniyu, eb-ichishni qoplaydi, xolos. Oyni oxiriga borib pulsizlik muammosi ham uchrab turadi. Savolim shundan iboratki, bizni sharoitimizda kreditga uy olsak bo‘ladimi? Uyni pulini to‘plashga sharoitimiz etmaydi chunki pul o‘zimizdan ortmayaptiku. Ijara, soliq, kommunal to‘lovlar uchun to‘layotgan pulimizni kredit uchun to‘lasak bo‘lmaydimi? Bunga xo‘jayinimla kredit harom deb qarshilik ko‘rsatyaptilar. Axir qachongacha ijarada turamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kredit bu riboning bir turidir. U biror vaziyatda halol bo‘lib qolmaydi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar