Sotuvchini aniqlash

Assalomu alaykum! Molni bozordan sotib olib bir xaridorga ustiga qo‘shimcha narx qo‘yib sotsam savdo xalol bo‘ladi. Lekin, xaridor "molni bozordan olayabman" deb o‘ylasachi? Xaridor molni aniq kimdan olishini bilishi shartmi? Qurilish soxasida ishlayman. Mijozlarni vaqti xam, xoxishi xam yo‘q bozordan o‘z uyi uchun kerakli mollarni xarid qilishga. Ko‘pchilik tushunmaydi xam qanday sifatli mol kerakligini. Men mijozga qurilish mollarini bozordan sotib olib ustiga narx qo‘yib mijozdan qimmatroq pul olaman. Mijozga sotilgan mol narxi o‘rtacha bozor narxi. Mijozga umumiy xarid shuncha pul bo‘ldi, mening xizmatim shuncha bo‘ladi deb gapni ko‘paytirmayman. U o‘ylaydiki "bozordan xarid qiladi" deb. Yolg‘on ishlatilmaydi, umuman. Shu tarzda bozordan mijoz uchun kerak bo‘lgan molni sotib olib, qimmatroqqa sotsam mijozga, shu ish xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savolni ham xaridorga qilgan muomalangiz kabi jumboq qilib beribsiz. Siz xaridorga ochiq-oydin qilib aytib, halol ishlashga harakat qiling. Musulmon kishi boshqa musulmonni boshini aylantirib ko‘proq foyda olishga emas, halol savdo va xizmat qilishga harakat qilishi kerak. "Bu molning narxi, bu mening xizmatim" deb ayting. Mabodo biror molni olib sotadigan bo‘lsangiz ham, "shu moldan menda ham bor, narxi shuncha" deb ishlang. Halol savdoda ayb yo‘q. Sizning xaridor “molni bozordan olyapman” deb o‘ylaydi degan gapingizdan u aldanyapgani ko‘rinib turibdi. U sizga ishonib shartnoma tuzyapti, siz esa unga narxni qimmatlatib sotmoqchisiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:06 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar