Cho‘milish va g‘usl
Assalomu alaykum! G‘usl vojib bo‘lmasa xam, cho‘milib g‘usl qilishni niyat qilsa va barcha amallarni bajarsa, cho‘milish vaqti va suv sarfi, odatdagi g‘usl qilishdan ko‘ra ko‘proq bo‘lsa va shundan so‘ng namoz o‘qisa buning xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida g‘uslning tartibi bo‘yicha, badandan najosatni ketkazgandan keyin namozga qilinadigan tahorat olinadi. Faqat oyoqlarni yuvilmay g‘usldan keyin yuviladi. Shunday tahorat olish g‘uslning sunnati hisoblanadi. «Mo‘’minning meroji» kitobini olib o‘qisangiz tahorat, g‘usl va namozga taalluqli masalalarni batafsil shrganib olasiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 07:39 | Savol-javoblar | 178 | Ibodatlar