"E" maxsulotlarga ruxsat berilgan fatvo tugrimi?

xurmatli Ustoz! ALLOX(j/j) umringizni va ilmingizni yanada ziyoda kilsin va din uchun kilayotgan xolisona xizmatlaringizda uzi madadkor bulsin.Ustoz yakinda bir birodarimiz chuchka yogidan tayyorlangan "E" maxsulotlarining jadvalini savol kilib yozgan edi, (xozir u savolni uchirtirib tashlagan). U jadvalda yozilgan kup "E" kodi judayam kup maxsulotlarda mavjud, masalan; (muzkaymok, shokolad va boshka kup shirinliklar)ning tarkibida mavjud. Tugrisi shu jadvalni ukiganimdan keyin usha kodlar bor maxsulotlardan shubxalanib(chuchka yogidan ekan) deb eyolmaymiz. Keyin biz internetdan shu "E" kodi xakidagi bir fatvoni topdik, https://www.umma.ru/fetva/604/printable/. Ustoz endi biz shu fatvoga asoslanib shubxalardan xoli bulib, tarkibida shundayin "E" kodlari bulgan maxsulotlardan tanovvul kilsak buladimi? Fatvoning ruschadan tarjimasi:(" 1998yilda Dublinda bulib utgan Evropa fatvo buyicha maslaxtchilari yiginida ushbu masala kurib chikilib, #19 fatvo berilgan. "FATVO: #19". ("Bunday "E" rakamli maxsulotlarning 350ga yakin xili bor, ular amalda konservantlar(kushimcha moddalar), yoki rang beruvchi va yo maxsulotlarga tam(maza) beruvchi bulib kullaniladi. Bu "E"kodli maxsulotlarning paydo(xosil) bulishi turt guruxga bulinadi.1. Sun’iy-ximiyoviy maxsulotlardan kelib chikishi;2. Usimliklardan kelib chikishi;3. Xayvonlardan olinadigan maxsulotlardan(gushtlari, yoglaridan) paydo(xosil)bulishi;4. Tarkibida spirt bulgan, eritma sifatida kullaniladigan maxsulotlardan kelib chikishi;. Ularning xammasi xam eguliklarning tarkibiga ta’sir kilmaydi. Birinchi va ikkinchi guruxga kiruvchi moddalarning xukmi xammaga tushunarli. Uchinchi guruxga kiruvchi moddalar xayvonlar tarkibidan olingan bulsada, ximiyoviy tozalashdan utgandan sung ularning tarkibi uzgaradi va xayvonlardan kelib chikish xususiyatini(uz kuchini) yukotadi. Shunga uxshash uzgarishlar boshka turdagi moddalarga kullanilganda maxsulotlar tarkibiga ta’sir kiladi va bu moddalarni kullasa buladi, misol uchun "vinoni kayta ishlanganda, u sirka bulib, ozukaviy moddaga aylanashi", yoki "eshakning tuz koniga tushib ketib ulib, bir kancha muddad tuz konida kolib ketib okibatda tuzga aylanib ketishi" bunga misol bula oladi. Turtinchi guruxga kiruvchi moddalar ozik-ovkatlarga rang beruvchi maxsulotlar tarkibiga kiradi va juda oz mikdorda kullaniladi. Shuning uchun xam bularga ruxsat berilgan(ma’fuvvun a’nx). Yana( " Ummul-balva") xukmiga xam tugri keladi. bu narsadan uzni saklab kolishlik juda kiyin masala, shuning uchun bu guruxdagi moddaga chukur karalmaydi. Yukorida aytib utilgan maxsulotlar mumkin emas degan xukmni uz ichiga olmaydi, aksincha bunday moddalarning eguliklarga kushilishiga ruxsat bor. Yana islom dining engillik xukmlariga kura va kup dinda chukur kirmasdan bunday moddalar takiklanmaydi va bu moddalardan foydalansa buladi.") Ustoz shu fatvo tugrimi va shu fatvoga asoslanib amal kilsak buladimi? Javobingiz uchun oldindan raxmat. ALLOX(j/j) rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Evropa fatvo buyicha maslaxtchilari yig‘ini e’tiborli tashkilot va fatvolari maqbul.

27 Aprel 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar