Juma vaqti va shifokor qabuli
Assalomu alaykum! Men shifokorman. Bemorlarni qabul qilish uchun kichik xususiy klinikada ish olib boraman. Juma kuni juma namozi uchun soat 12:30 eshikni yopib chiqib ketaman. Lekin ba’zi vaqtlarda bemorlar ketar vaqtga kelib qolishadi. U bemorlar yana yarim soat yoki 1 soat kutsa umumiy axvolida o‘zgarish kuzatilmaydigan bemorlar. (Albatta og‘ir axvoldigi bemorlarga yordam ko‘rsataman shu xolda). Yuqoridagi xolatdagi bemorlarga tushuntirib, kutib turilar yoki boshqa vaqt kelilar deb chiqib ketaman. Lekin ba’zi bemorlar norozi bo‘lishadi, ko‘rmasdan ketmisiz deyishgacha borishi xam mumkin. Shunday xolatda qilayotgan ishim qanchalik to‘g‘ri, va shunaqa iushunmaydigan bemorlarga nima qilishim kerak, norozi bulsayam juma chiqib ketaymi yoki ko‘rib, chiqmaymi shu kuni, bir maslaxat bering. Tushunmovchilik bo‘masligi uchun qo‘shimcha ma’lumot: bemorlarni moddiy manfaat uchun ko‘rmayman. Klinika o‘zimniki, ish vaqtini belgilash o‘z qo‘limda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juma namozini o‘qishni siz va bizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh taolo buyurgan. Ish vaqtini yozib e’lon qilib qo‘ying. Yoki shu kabi holatlarni oldini olish uchun bir soatga biror ayol xodima bo‘lsa uni o‘rningizga qoldirib turishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 08:54 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar