Eskirish summasi
Assalomu alaykum! Ma’lumki mashinalar, uskunalar, binolar, umuman olganda har qanday buyum vaqtlar o‘tgach eskiradi. Bir odam ma’lum muddatga nasiyaga mashina sotib oldi. Pulni qanchadir qismini to‘lagach, to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, mashinani qaytarib berishiga to‘gri keldi. Mashinani sotgan odam, mashinani qayta baholatib eskirish summasini olib qolib qolgan summani qaytarib berib mashinani qaytib olsa bo‘ladimi? Masalan. Sotib oluvchi 100000 lik mashinaning 50000ni to‘lagan. Mashinani qaytarib berayotganda mashinaning narxi 90 000 ga to‘gri kelgan. Shu holatda mashinani sotgan odam 10000 ni olib qolib qolgan 40000 ni qaytarib bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha mashina savdogarlarning nazdida narxi tushadigan darajada aybli bo‘lgan bo‘lsa, hali pulini to‘lab bo‘lishdan oldin avvalgi egasiga o‘zi sotib olganidan arzonroqqa qaytarib sotishi mumkin. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 08:54 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar