Birovning suhbatini tinglash

Assalomu alaykum! Ba’zi bir erkaklar turmush o‘rtog‘ining telefon qo‘ng‘iroqlarini yozib olib uni oila azolari opa singillari o‘rtasidagi suhbatini eshitishmoqda ekan. Buning oqibatida oilada kelishmovchiliklar kelib chiqmoqda. Erkaklarning shu qilgan ishlari qanchalik to‘g‘ri? Telefonda shunday dasturlar bor ekan, suhbatlarni eshitsa bo‘ladigan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish erkak degan gapga ham musulmon degan gapga ham to‘g‘ri kelmaydi. Ayol ham ularni orasida muhokama va janjallarga sabab bo‘ladigan gaplarni gapirmasin yoki telefonda gaplashmasin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 137 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar