Qaysi holatda afzal?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar junub inson bo‘lsa soqol va tirnoqni g‘usl qilishdan oldin olgan afzalmi yoki g‘usl qilib poklangandan keyinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘laveradi. Lekin afzali pok bo‘lib olishdir. Chunki ba’zi bir kitoblarimizda makruh ham deyilgan. حلق الشعر حالة الجنب مكروه و كذا قص الأظافيرظ كذا في الغرائبظ عالمكريه Junub holda tirnoq olish, tuklarni tozalash makruhdir («Fatavoi Olamgiriya»). Yuqoridagi matndan mutlaq, ya’ni makruhi tahrimiylik tushuniladi. Lekin qarinalar(ya’ni bir hukmga dalolat qiluvchi omillar) orqali makruhi tanzihiylik anglanadi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/4
0

26 May 2022, 08:06 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar