Darddan qutilish

Assalomu alaykum! Bir xodisa menda ko‘p takrorlanib qolyapti. Uxlayotganimda kimdur meni bug‘gandek bo‘laveradi, qo‘lini tortib yuborishga kuchim etmaydi, lekin tush emas derazamdan mashinalar o‘tyotganini sezib turaman, baqiraman desam ovozim chiqmaydi, xansirab o‘zimga kelaman, turib svetni yoqaman xechkim yo‘q. Bir tanishim bu jinlardan dedi. Bundan qanday qutulsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tunda va tongda o‘qigan duolarini va “Oyatul kursiy”ni doim o‘qib yuring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 155 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar