Ko‘chada yordam so‘rab kelganlarga

Assalomu alaykum! Bazida ko‘chada odamlar pul so‘rab qolishadi. Masalan bugun bitta ayol moshinada kelib, koshyolek uyda qolibti benzin olishim kerak deb pul so‘radi. Bundan tashqari bir kuni bitta bola kelib oka uyga ketishim kerak ketishga pul kerak deb arzimagan pul so‘radi. Kiyinishi yaxshi unaqa muxtojga o‘xshamaydi qo‘lida telefoni bor va xokazo. Shunaqa vazyatlarda biz shunaqa odamlarga pul bersak savob umid qilsak bo‘ladimi? Lekin ular muxtoj emas, balkim o‘sha vaziyatda pulsiz qolib ketishgan, uyda qolib ketgan yoki kimdir vada berib pulni olib kelmagan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muhtoj bo‘lmasa yordam berishingiz ixtiyoriy. Hadya deb bersangiz hadyani savobi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:37 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar