Qurilish mollari ishlab chiqarishdagi sertefikat

Assalomu alaykum! Savolim kurilish mollari ishlab chiqarish soxasida. Xalol va xarom tushunchasi bo‘yicha. Qurilish mollari ishlab chiqarish jaddllashib ketayapti. Jumladan O‘zbekistonda xam. Xom ashyo turlari xam o‘zgarayapti. Biz ishlab chiqaradigan maxsulotga Xitoyda sinovdan o‘tgan xom ashyolar qo‘shamiz. Shuning xisobiga maxsulotimiz xam arzon xam sifatli. Lekin O‘zbekistonda Xitoy sertifikati tan olinmagan. Agar men maxsulotni Xitoy «muvofiklik sertifikat» asosida ishlab chiqarsam va mijozga Rossiya «muvofiklik sertifikat»ni taqdim qilsam bu ishim joizmi? Javbingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Agar ikkisining sifatida tafovut bo‘lsa joiz emas. Agar sifati bir xil bo‘lsa va mijozlarga aytib sotsangizlar joiz. Aldab sotish joiz emas. وَمَرَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِرَجُلٍ يَبِيعُ طَعَامًا فَسَأَلَهُ كَيْفَ تَبِيعُ؟ فَأَخْبَرَهُ، فَأُوحِيَ إِلَيْهِ أَنْ أَدْخِلْ يَدَكَ فِيهِ فَأَدْخَلَ يَدَهُ فَإِذَا هُوَ مَبْلُولٌ، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَيْسَ مِنَّا مَنْ غَشَّ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُمَا: فَقَالَ: مَا هَذَا يَا صَاحِبَ الطَّعَامِ؟ قَالَ: أَصَابَتْهُ السَّمَاءُ يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: أَفَلَا جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعَامِ كَيْ يَرَاهُ النَّاسُ، ثُمَّ قَالَ: مَنْ غَشَّ فَلَيْسَ مِنِّي  «Nabiy sollallohu alayhi vasallam taom sotayotgan odamning oldidan o‘tayotib: «Qanday sotyapsan?» deb so‘radilar. U xabar berdi. Shunda u zotga «Qo‘lingni u(taom)ning ichiga tiq», deb vahiy qilindi. U zot qo‘llarini tiqsalar, ho‘l ekan. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim aldasa, bizdan emasdir», dedilar».
Abu Dovud, Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Muslim va Termiziyning lafzida:
«U zot:
«Ey taom egasi! Bu nima?!» dedilar.
«Yomg‘ir tekkan edi, ey Allohning Rasuli», dedi.
«Odamlar ko‘rishlari uchun buni taomning ustiga qilsang bo‘lmasmidi! Kim aldasa, mendan emas!» dedilar»
, deyilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

2 May 2022, 09:57 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar