Amazon, alibaba saytlarida savdo qilish joizmi?

Assalamu alaykum! Amazon, alibaba saytlarida online savdo qilsa bo‘ladimi? U erdagi savdo tizimi asosan quyidagicha siz xitoydan mol olib etqazib beruvchi bilan gaplashib amerikaga jo‘natasiz. Sotayotgan molingizni xaridor online ravishda buyurtma bergandan keyin, unga etqazib berishsa pulini to‘lidi. Yoqtirmasa qaytarib yuborishi yokida e’tiroz bildirishi ham mumkin. Shundan so‘ng xaridor to‘lov qiganidan keyin sizning hisob raqamingizga pul tushadi. Undan tashqari hohlasangiz siz o‘zingiz etqazib beruvchidan "proba" ga mol olib O‘zbekistonga buyurtma qilib ko‘rishingiz ham mumkin lekin bu ko‘p vaqt hamda mablag‘ talab qilishiyam mumkin. Yokida bo‘lmasam mol ketishidan oldin tegishli tashkilotlar orqali molni tekshirtirb olsa ham bo‘ladi. Ushbu savdo shariatimizda joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu platforma sizning molingizni sotib berishga vakil bo‘layotgan bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:59 | Savol-javoblar | 188 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar