Akamning sobiq ayoli
Assalomu alaykum! Mening akam 9 yil kelinoyim bilan yashadi. Farzandi bo‘lmagani sababli ajrashib ketishdi, kelinoyim boshqa turmush qurib o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Xozirda ikkinchi farzandiga xomilador. Kelinoyim sabablarga ko‘ra ajrashmoqchi ekan, akamga qo‘ng‘iroq qilib yarashishni, qaytib nikoxdan o‘tib yashashni taklif qilibti. Biz akamga qiz topib qo‘ygan edik, akamga xam ma’qul kelgandi. Endi esa akam kelinoyim qiyin axvolda qolgani va yordam berish kerakligini, yani qaytib oila qurish kerakligini aytdi. Shariatda or-nomus, g‘urur degan tushunchalar xam borku. Iltimos bizga nasixatiz kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu erda akangiz nisbatan ajrashgan ayoli nomahram hukmiga o‘tgan. Hozirda u ayol (kelinoyingiz) bilan aloqa qilib gaplashishi, xususan turmush qurish to‘g‘risida gapirishi shariatga xilof, ya’ni harom ish hisoblanadi. Shuning uchun bu ishini darhol to‘xtashishi kerak. Akangiz u ayol bilan gaplashib, uning oilasini buzilishiga sabab bo‘lmasin, gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush